
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada Ukraina Qurolli kuchlarining bo‘lajak kichik qo‘mondonlarini tayyorlash boshlandi.
Kurs yetakchilik, psixologik, uslubiy, jangovar, texnik va taktik tayyorgarlik, shuningdek, xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi, deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotida.
Mahkamaning aniqlik kiritishicha, ushbu kurs «Ukraina serjantlar tayyorlash dasturi asosida Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan».
Qayd etilishicha, undan o‘tganlar Ukraina qurolli kuchlarining turli bo‘linmalarida harbiy qismlar otryad komandirlari lavozimlariga tayinlanadilar.
Bundan oldin AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilgandi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, yangi harbiy yordam paketiga, xususan, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun «qo‘shimcha» o‘q-dorilar, 36 000 ta 105 millimetrli artilleriya snaryadlari va 1000 ta aniq boshqariladigan 155 millimetrli artilleriya snaryadlari kiritilgan.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Kiyevga to‘rtta artilleriyaga qarshi radar, og‘ir texnikani tashish uchun yuk mashinalari va tirkamalar, UUAga qarshi tizimlar, minalardan tozalash uskunalari, Claymore piyodalarga qarshi o‘q-dorilari, portlovchi moddalar, o‘qotar qurollar va ular uchun patronlar, tungi ko‘rish moslamalari, sovuq harorat uchun kiyim-boshlar va boshqa dala jihozlarini yetkazib beradi.
Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishi boshlanganidan beri Vashington Kiyevga xavfsizlik uchun yordam sifatida taxminan 15,1 milliard dollar yo‘naltirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar