
Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati
Zaporoje shahriga 6 oktabr tongida uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. Yana 21 kishi turar joy binolari vayronalari ostidan qutqarib olindi. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojeda kamida ikkita uy vayron bo‘lgan. Besh qavatli bino vayronalari ostidan qutqaruvchilar sakkiz kishining jasadini olib chiqdi, shuningdek, olti kishini tirik chiqarib oldi, ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizildi.
To‘rt qavatli bino vayronalari ostidan esa 3 nafar jasad topildi. 15 kishi qutqarib olindi, ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi.
Vayronalarni tozalash davom etmoqda. Ishga Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 45 nafar xodimi va 12 ta texnikasi, shuningdek, 5 ta xo‘jalik texnikasi jalb qilingan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati
6 oktabr kuni ertalab Ukraina hukumati mamlakat nazorati ostidagi Zaporoje shahriga 7 ta raketa kelib tushgani haqida xabar bergandi. Snaryadlar uylarga teggan. Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Starux hujumda rossiyalik harbiylarni aybladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar