06:30 / 08.10.2022
1 157

Tinchlik uchun Nobel mukofoti Belarus, Rossiya va Ukraina huquq faollariga berildi

Tinchlik uchun Nobel mukofoti Belarus, Rossiya va Ukraina huquq faollariga berildi
Qamoqda saqlanayotgan belaruslik faol Ales Belyatskiy, Rossiyaning «Memorial» tashkiloti va Ukrainaning «Fuqarolik erkinliklari markazi» guruhi juma kuni 2022 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofotini oldi.

Mukofot ko‘pchilik tomonidan juma kuni 70 yoshini nishonlayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni qoralash sifatida qabul qilinadi va bu so‘nggi o‘n yilliklardagi eng siyosiy qarama-qarshiliklardan biriga aylantiradi.

Ammo bu Putinga qarshi mukofot emas edi, degan Reyss-Andersen.

«Biz har doim biror narsa va nima uchundir mukofot beramiz, kimgadir qarshi emas», dedi u jurnalistlarga.

Belarus xavfsizlik politsiyasi o‘tgan iyul oyida advokatlar va huquq faollarining ofislari va uylarida reyd o‘tkazib, Lukashenko muxoliflariga qarshi yangi tazyiqlar doirasida Belyatskiy va boshqalarni hibsga olgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofot Belyatskiyning ruhiyatini ko‘taradi va Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil inson huquqlari tashkiloti – Fuqarolik erkinliklari markazi pozitsiyasini mustahkamlaydi.

«Rossiyada Memorial yopilgan bo‘lsada, u hokimiyatni tanqid qilish to‘g‘ri, faktlar va tarix muhim degan g‘oya sifatida yashab kelmoqda», - deya qo‘shimcha qilgan, Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti rahbari Reyter Den Smit.

Bu mukofot Lukashenkoga qarshi chiqqan butun Belarus xalqining e’tirofidir, deydi muxolifat vakili Franak Vyachorka.

U Reyter agentligiga Belyatskiy qamoqxonada g‘ayriinsoniy sharoitda saqlanayotgani va Rossiya va Ukraina inson huquqlari tashkilotlariga berilgan mukofot tufayli uning ozod etilishiga umid qilishini aytdi.

«Bu belarus xalqi uchun katta e’tirof, chunki belarus xalqi Lukashenko zulmiga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati uchun bunga loyiq...», — dedi muhojirlikdagi Belarus muxolifati yetakchisi ma’muriyati rahbari Vyachorka.

Qiymati 10 million shved kronasi yoki taxminan 900 000 dollarga teng Tinchlik uchun Nobel mukofoti, 1895 yilgi vasiyatnomasida mukofotlarni ta’sis etgan shved sanoatchisi Alfred Nobel vafotining yilligi munosabati bilan 10 dekabr kuni Osloda topshiriladi.

2022 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga 343 nomzod, jumladan 251 shaxs va 92 tashkilot bor edi. Bu mukofotga nomzodlar soni bo‘yicha tarixdagi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

Bu yil nomzodlar orasida Rim papasi Fransisk, iqlim inqiroziga qarshi kurashni olg‘a surayotgan eko-faol Greta Tunberg, Britaniya va Amerika hukumatlarining noqonuniy xatti-harakatlarini ochib tashlagan Milliy xavfsizlik agentligining (ANB) sobiq xodimi Edvard Snouden, mamlakatida ayollar huquqlarini himoya qiluvchi eronlik jurnalist Masih Alinejad va boshqalar bor edi.

Ro‘yxatga dunyoga mashhur tashkilotlar – NATO, Black Lives Matter, Arktika kengashi, Wikileaks va boshqalar ham kiritilgandi.

Har yili taxminiy da’vogarlar ro‘yxatini tuzadigan Norvegiya Tinchlik tadqiqot instituti rahbari Genrik Urdal bu yilgi mukofot Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya va rossiyalik bloger Aleksey Navalniyga berilishi mumkin, deb hisoblagan edi. Shuningdek, mukofotga ega chiqishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatida Ukraina prezideni Vladimir Zelenskiy ham bor edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tinchlik uchun Nobel mukofoti Belarus, Rossiya va Ukraina huquq faollariga berildi