08:23 / 09.10.2022
1 858

Erdog‘an: “Men bu darajaga tushmayman!”

Erdog‘an: “Men bu darajaga tushmayman!”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Gretsiya bosh vazirini “protokol qoidalaridan bexabar siyosatchi” deb atadi.

Istanbuldagi juma namozidan keyin jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Turkiya rahbari Pragada bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida Kiriakos Mitsotakisning harakatlariga e’tibor qaratdi.

Mitsotakisning nomi so‘zga chiqqanlar ro‘yxatida bo‘lmagan bo‘lsa-da, Gretsiya bosh vaziri sammitda so‘zga chiqdi. Men asosiy ma’ruzachilar qatorida edim va nutqimdan so‘ng u ruxsatsiz menga javob berishga urindi”, — dedi Erdog‘an.

Turkiya rahbari Gretsiya bosh vaziri bilan o‘zaro to‘qnashuvga aralashmaganini ta’kidladi: “Bu Turkiya prezidentiga yarashmaydi. Men bu darajaga tushmayman!"

Turkiya davlati rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti mavzusiga yana to‘xtaldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari “alohida minnatdorchilik bildirgan va Turkiyani muvaffaqiyatli vositachilik uchun tabriklagan”. Shu bilan birga, Erdog‘an Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti doirasida Putin bilan uchrashishni istisno etmadi.

Men ham Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni zarur deb bildim”, — deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Erdog‘an Turkiya havo kuchlari flotining Amerikada ishlab chiqarilgan samolyotlar bilan modernizatsiya qilinishiga ham izoh berdi.
Agar AQSH Turkiyaning F-16 flotini yetkazib berish va modernizatsiya qilish taklifini qo‘llab-quvvatlamasa, Anqara xorijda ko‘plab muqobil yetkazib beruvchilarni topadi”, — dedi Turkiya rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an: “Men bu darajaga tushmayman!”