
Bosh qarorgohi Londonda joylashgan vaqf rahbari Tikritiy Onado‘li agentligiga bergan intervsida 2021-2022 yillarda Buyuk Britaniyada musulmonlar "eng nishonga olingan diniy guruh" bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tahlil qildi.
Tikritiy Britaniyada islomofobik nafrat jinoyatlari ortib borayotganini, chunki hukumat “o‘ta o‘ngchi”larga yon berishga harakat qilayotganini aytdi.
Shuningdek, u Britaniya Ichki Ishlar vazirligining yaqinda e’lon qilgan ma’lumotlariga shubha bildirdi. Tikritiy musulmonlarga qaratilgan diniy nafrat jinoyatlarining haqiqiy soni Ichki ishlar vazirligi e’lon qilganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“O‘ta o‘ngchi”larga imtiyoz
Hukumat tarkibiga kirgan “o‘ta o‘ngchi” guruhlarda sezilarli o‘sish kuzatilganini tilga olgan Tikritiy hech qanday saylovda chora ko‘rilmaganiga e’tibor qaratdi.
“O‘ta o‘ngchi” guruhlarning hokimiyatdagi ta’siri qariyb 20 yil davomida Yevropa va hatto Angliyada sezilarli darajada oshgan, deydi Tikritiy. U London ma’muriyatiga ishora qilib, konservativ hukumatning “o‘ta o‘ngchi” qarashlarga yon berishga moyilligini bildirdi.
Konservativ hukumatning 25-35 yil avval tasavvur qilib bo‘lmaydigan bugungi siyosati, ayniqsa, ko‘chmanchi va ozchiliklar ziyoniga bo‘layotganidan xavotirda.
Tikritiy o‘ta o‘nglar hukumat yo‘laklarida yurishi juda xavfli ekanligini ta’kidladi.
Musulmonlar Angliyaning bir qismidir
"Biz ham Britaniya fuqarolarimiz. Buyuk Britaniyaning bir qismi bo‘lishni yoki Buyuk Britaniya diniy institutlarimizning bir qismi bo‘lishini xohlaymiz. Biz qo‘shnilarimizni masjidlarimizda kutib olishni istaymiz. Biz har bir kishi duch keladigan muammolarni, masalan, yashash narxi, hisob-kitoblar, hukumat budjeti va soliqlarni muhokama qilishni istaymiz", deydi Tikritiy.
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi 6 oktabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, musulmonlar 2021 yil martidan 2022 yilning martigacha boshqa guruhlarga nisbatan “eng ko‘p nishonga olingan diniy guruh” bo‘lgan.
Kordoba vaqfi Islom dini va musulmonlarning G‘arb dunyosiga integratsiyalashuvi borasidagi faoliyati bilan nom qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar