
AQSH Ukrainadagi mojaroning kuchayishidan zavqlanmoqda va bundan maksimal darajada foydalanishni kutmoqda, deb yozmoqda Xitoy davlat gazetasi “Global Times”.
Qo‘shma Shtatlar Ukraina inqiroziga barham berishdan manfaatdor emas - aksincha, Amerika rasmiylarining bayonotlari har tomonlama "olovga yog‘ sepishga" qaratilgan, deb hisoblaydi maqola mualliflari. Bunday radikal ritorika orasida ular Jo Baydenning “yadroviy Armageddon” tahdidi haqidagi so‘nggi bayonotini ta’kidlagan.
Mualliflarning fikricha, bezori bo‘lishga o‘rganib qolgan Qo‘shma Shtatlar hozir ham aynan shunday qilyapti – o‘zlari dastlab haddan ortiq provokatsiya uyushtirib, so‘ngra boshqa tomonni ayblamoqda.
“Qo‘shma Shtatlar mojaroning avj olishidan zavqlanmoqda. Mojaroning rivojlanishi Ukraina haqiqatan ham oxirgi ukrainalikkacha jang qilish niyatida yoki yo‘qligiga bog‘liq emas, balki AQSH mojaroni davom ettirishi kerakmi yoki yo‘qligiga bog‘liq”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Shtatlar o‘z manfaatlarini to‘liq qondirishga, jumladan, Yevropani energiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan qaram qilishga, iloji boricha ko‘proq mamlakatlarni Rossiyaga qarshi lagerga jalb qilishga intilmoqda.
“Ayni paytda Vashington o‘zini aybsizdek ko‘rsatmoqchi”, deydi mualliflar.
O‘tgan hafta AQSH prezidenti Jo Bayden dunyo sovuq urush va Karib dengizi inqirozidan keyin birinchi marta yadro urushi tahdidi ostida ekanini aytdi va bu tahdid kuchayishida Rossiya rahbariyatini aybladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar