1 001
Rossiyaliklarning kayfiyati darajasi so‘nggi 14 yilgi minimumga tushib ketgan — «Levada-sentr»

Foto: AP
Yuriy Levadaning «Levada-sentr» tahliliy markazi tomonidan sentyabr oyi oxirlarida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, so‘ralganlarning qariyb yarmi qo‘rquv, siqilish, tanglik va bezovtalikni his qilishmoqda. Rossiyaliklarning kayfiyat indeksi so‘nggi 14 yil ichida minimal darajalargacha tushgan.
Ma’lum qilinishicha, sentyabr oyi oxirlari oktabr boshlarida Rossiyada aholining iste’mol va jamg‘arish kayfiyatlari iqtisodiy emas, siyosiy hodisalarga borib taqalgan — chunki Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi.
Bu voqea rossiyaliklarning kayfiyati va hissiyotlariga juda katta ta’sir o‘tkazgan va u o‘z navbatida iqtisodiy indikatorlar dinamikasi ta’sir qilgan.
Garchi kayfiyat iqtsiodiy baholashlarni shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanmasa-da, jamg‘arish kayfiyatlaring joriy yomonlashuvi birinchi navbatda jamiyatda bezovtalikning umumiy kuchayishi bilan tushuntiriladi.
Iqtisodiy kutilmalar to‘g‘risidagi savolga rossiyaliklarning aksariyat qismi bir yildan so‘ng hozirgidan yomonroq yashashini aytgan.
Sodir bo‘lgan o‘zgarishlar nafaqat pessimizm, balki yangi vaziyatlar oldida esankirash, odamlarning ertangi kunga ishonch yo‘qligi, o‘z hayotini rejalashtira olmayotgani bilan tushuntiriladi. Ortiqcha pul jamg‘arish uchun kamroq imkoniyatga ega bo‘lishini ta’kidlagan respondentlarning soni garchi kichik miqdorda ortgan bo‘lsa-da, javob berishgan qiynalganlar soni keskin ortgan.
So‘ralgan inson va uning oilasi qay darajada o‘zgarganini ko‘rsatuvchi indeks ham 2002 yildan buyon hisoblanganda minimumga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar