
Foto: Sputnik
Yerga 30 mingga yaqin potensial xavfli asteroidlar yaqinlashmoqda. Ular sayyoramizning orbital yo‘lidan 45 million km uzoqlikda joylashgan. Bu haqda NASA xabar berdi.
Qayd etilishicha, kosmik ob’ekt sayyoramiz bilan to‘qnashgan taqdirda global falokat xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun asteroidlarni bir nechta xalqaro agentliklar — NEOCC va CNEOS kuzatib bormoqda.
Aniqlangan 400 ta yangi ob’ektdan 50 tasining kengligi 140 metrdan ortiq. Bunday asteroid nazariy jihatdan butun boshli shaharni vayron qilishi mumkin. Shuningdek, ayrim asteroidlarning kengligi 1 kilometrdan oshadi — ular ancha katta xavf tug‘diradi.
Avvalroq NASA asteroidga zarba berish orqali uning orbitasini o‘zgartirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba o‘tkazgan edi. BU samoviy jism trayektoriyasini o‘zgartirishga qaratilgan tarixdagi birinchi missiyaga aylandi. Bunday texnologiya kelajakda Yerning qandaydir asteroid bilan to‘qnashuvi oldini olish uchun foydalanilishi ko‘zda tutilmoqda.
Potensial Xavfli AsteroidlarNASAKosmik Ob’ektlarXalqaro AgentliklarGlobal FalokatAsteroidlarni Kuzatish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing