
Rossiyaning Belgorod viloyatida safarbar qilingan askarlar o‘rtasida otishma yuzaga keldi. Bu haqda turli Telegram-kanallari xabar tarqatdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poligonda otishma bo‘yicha mashg‘ulotlarda askarlar o‘rtasida nizo kelib chiqqan va pulemyotdan o‘t ochishgan. Ayrim kanallar o‘t ochganlar tojik millatiga mansub bo‘lganini yozmoqda. Oqibatda 13 kishi halok bo‘lgan.
Boshqa bir kanal 22 kishi halok bo‘lgani va 16 kishi yaralanganini qayd etgan. Shu bilan birga uch harbiy otgani, ularning ikki nafari o‘ldirilgani, bittasi esa qochib ketgani aytilgan.
Sota telegram-kanali hodisa Belgoroddagi Soloti qishlog‘ida bo‘lganini, bu yerga 100 ga yaqin askarlar joylashtirilganini yozmoqda. Ular Ukrainadagi Liman ostonalariga yuborilishiga keskin qarshilik bildirgan.
Rossiya mudofaa vazirligi keyinroq hodisani tasdiqladi va uni terakt sifatida baholadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 11 kishi qurbon bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar