22:44 / 16.10.2022
1 857

Donetsk shahri ma’muriyati binosi HIMARS orqali o‘qqa tutildi

Donetsk shahri ma’muriyati binosi HIMARS orqali o‘qqa tutildi
Foto: Meduza
16 oktabr tongida Donetsk shahri ma’muriyati binosi raketa zarbasiga uchradi. Bu haqda shahar mer Aleksey Kulemzin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain harbiylari shahar markazini HIMARS qurilmasi orqali o‘qqa tutishgan.

Avvaliga ikki jabrlanuvchi haqida xabar berilgandi; keyinroq «DXR» rasmiylari to‘rt kishi jabrlangani va bir kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

Rossiya davlat nashrlari voqea joyidan foto va videolarni namoyish etishgan, ularda binoning deyarli barcha oynalari to‘kilib tushganini ko‘rish mumkin; binoning bir qismida yong‘in izlari bor.

Bino hovlisidagi mashinalar esa yonib ketgan.

Kulemzin bino «juda jiddiy shikastlangani»ni ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo