07:51 / 20.10.2022
2 300

Bayden Putinning «o‘ta og‘ir ahvolda» ekanligini aytdi

Bayden Putinning «o‘ta og‘ir ahvolda» ekanligini aytdi
Foto: CNN
AQSH prezidenti Jo Bayden 19 oktabr, chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «aql bovar qilmaydigan darajada og‘ir ahvolda» ekanligini aytdi, deb yozadi Reuters.

«Menimcha, Vladimir Putin o‘zini nihoyatda qiyin ahvolga solib qo‘ydi va bu menga shuni ko‘rsatadiki, u uchun yagona vosita bu Ukrainadagi fuqarolarni shafqatsizlik orqali qo‘rqitib, ularni taslim bo‘lishga undashdir», — degan Bayden Oq uydagi jurnalistlarga.

Ta’kidlash kerakki, Bayden o‘z nutqida jurnalistlarning boshqa savollariga javob qaytarmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo