
Ashxobodda «Toshkent» bogʻini barpo etish toʻgʻrisida Turkmanistonning oʻsha paytdagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2021 yilning 17 fevral kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilov bilan uchrashuvi chogʻida ma'lum qilgan edi.
«Toshkent» istirohat bogʻi Ashxobod shahrining tarixiy markazida — sobiq «Gunesh» bogʻi oʻrnida, Maxtumquli shoh koʻchasi boʻylab joylashgan. Bu joy oʻta koʻrkam, gavjum va yashil maydonlarga boy. Uning hududida Vazirlar Mahkamasi, tsirk va drama teatri binolari joylashgan.

Bogʻni qurish uchun Turkmaniston byudjetidan 21 million 150 ming manat (6,43 million dollar) ajratildi. Taxminan 28,6 ming metrkvadrat maydonda yashil maydonlar, gulzorlar va yoʻlaklardan iborat landshaft barpo etildi, Oʻzbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarining miniatyura nusxalari boʻlgan 20 dan ortiq ob'ektlar barpo etildi.

Bu erda poytaxtimizdagi «Mustaqillik» maydoni, Oloy bozori, Toshkent teleminorasi va yana koʻplab oʻzbekona maket va dekoratsiyalarni uchratasiz. Umuman, bogʻda oʻzingizni xuddi Toshkentda yurgandek his etishingiz uchun barcha muhit yaratilgan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar