Birinchi bosh vazir-ayol Italiya hukumatni shakllantiradi

Foto: LRT
Mamlakat prezidenti parlament saylovida g‘alaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasining yetakchisi Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Jorja Meloni (45 yosh) Italiya tarixiga birinchi bosh vazir-ayol sifatida kirmoqda.
«Prezident Meloni xonimga hukumatni shakllantirishni topshirdi, u rozilik berdi», — ma’lum qildi prezident administratsiyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti.
Dzampetti qo‘shimcha qilishicha, Meloni davlat rahbariga vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etgan. Ularning aksariyati — «Italiya birodarlari» partiyasi vakillari.
Italiyaning yangi hukumati bugun, 22 oktabr kuni qasamyod qilishi rejalashtirilgan.
Italiyadagi parlament saylovida «Italiya birodarlari» o‘nglar partiyasi eng ko‘p — 26 foiz ovoz to‘plagan. Partiyaning koalitsiyadoshlari — Matteo Salvini boshchiligidagi g‘ayriimmigrantlar «Liga»si hamda sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining «Olg‘a, Italiya»si bo‘ldi.
Jorja Meloni — an’anaviy oilaviy va xristian qadriyatlari, immigratsiyani cheklash, Yevropaning xavfsizligi uchun kurashish, iqtisodiy liberalizm va proteksionizm g‘oyalari tarafdori. Geosiyosiy maydonga u atlantizm (Yevropa va Shimoliy Amerika mushtarakligi) pozitsiyasi vakilasi sifatida kirib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mamlakat prezidenti parlament saylovida g‘alaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasining yetakchisi Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Jorja Meloni (45 yosh) Italiya tarixiga birinchi bosh vazir-ayol sifatida kirmoqda.
«Prezident Meloni xonimga hukumatni shakllantirishni topshirdi, u rozilik berdi», — ma’lum qildi prezident administratsiyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti.
Dzampetti qo‘shimcha qilishicha, Meloni davlat rahbariga vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etgan. Ularning aksariyati — «Italiya birodarlari» partiyasi vakillari.
Italiyaning yangi hukumati bugun, 22 oktabr kuni qasamyod qilishi rejalashtirilgan.
Italiyadagi parlament saylovida «Italiya birodarlari» o‘nglar partiyasi eng ko‘p — 26 foiz ovoz to‘plagan. Partiyaning koalitsiyadoshlari — Matteo Salvini boshchiligidagi g‘ayriimmigrantlar «Liga»si hamda sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining «Olg‘a, Italiya»si bo‘ldi.
Jorja Meloni — an’anaviy oilaviy va xristian qadriyatlari, immigratsiyani cheklash, Yevropaning xavfsizligi uchun kurashish, iqtisodiy liberalizm va proteksionizm g‘oyalari tarafdori. Geosiyosiy maydonga u atlantizm (Yevropa va Shimoliy Amerika mushtarakligi) pozitsiyasi vakilasi sifatida kirib kelmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…