10:18 / 24.10.2022
1 045

Kiyev BMT va AEXA monitoring missiyalarini taklif qildi

Kiyev BMT va AEXA monitoring missiyalarini taklif qildi
Foto: Picture Alliance
Moskvaning «bomba»dan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi ayblovlariga javoban Ukraina vaziyatni kuzatish uchun xalqaro missiyalarni taklif qilmoqda.

«Ukraina armiyasi har kuni yerimizni ruslardan ozod qilyapti. «Bomba» haqidagi fikr bizda nafrat tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. Biz BMT va AEXA monitoring missiyalarini Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Dunyo Rossiyaning yadroviy shantajiga javob berishi kerak. Biz Budapesht memorandumining 4-bandi talablariga rioya etishni talab qilamiz», — deb yozdiUkraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Twitter'da.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvaning oziq-ovqat inqirozini kuchaytirishga urinishlari yer yuzidagi har bir insonga nisbatan tajovuz ekanini aytgandi.

«Dushman oziq-ovqat eksportimizni sekinlashtirish uchun hamma narsani qilmoqda. Menimcha, Rossiya bu harakatlari bilan oziq-ovqat inqirozini ataylab kuchaytirmoqda, u esa joriy yilning birinchi yarmidagidek keskinlashishi mumkin», - dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun 150 dan ortiq kemalar navbatda turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo