14:17 / 24.10.2022
1 281

Germaniyada Klod Monening «Pichan g‘arami» kartinasiga pyure sepib yuborishdi (video)

Germaniyada Klod Monening «Pichan g‘arami» kartinasiga pyure sepib yuborishdi (video)
Germaniyaning Potsdam shahrida joylashgan Barberini muzeyida Letzte Generation («So‘nggi avlod») harakati faollari impressionist Klod Monening «Pichan g‘arami» kartinasiga kartoshka pyuresini sepib yubordi, deb xabar beradi «RIA Novosti». Aksiyada ikki kishi qatnashdi — kartinaga pyure to‘kkanidan keyin ular polga o‘tirib, devorga qo‘llarini yelim bilan yopishtirib qo‘ydi.

«Odamlar och qolmoqda, odamlar sovuqda qolmoqda, odamlar o‘lib ketmoqda — biz iqlim falokatiga duch keldik, siz esa rasmlarga to‘kilayotgan kartoshka pyure yoki tomatli sho‘rvadan xavotirdasiz, xolos», — dedi faollardan biri. Faollar qo‘lga olindi.

«Pichan g‘arami» (1890 yil) kartinasi avvalroq auksionda 110 million dollarga sotilgan edi. Muzey xabariga ko‘ra, aktivistlar xatti-harakatlari natijasida unga zarar yetmagan.

O‘tgan hafta Just Stop Oil tashkiloti faollari Londondagi Milliy galereyada Van Gogning «Kungaboqarlar» kartinasiga tomatli sho‘rva to‘kib yuborgandi. Kartina shisha bilan qoplangani uchun zarar ko‘rmagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo