
Foto: AP
Polsha Senati Rossiya Federatsiyasidagi hukmron rejimni terroristik deb tan oldi. Qaror 85 ovoz bilan bir ovozdan qabul qilindi, deyiladi Senat saytida.
Rezolyutsiyada deputatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini keskin qoralab, «tinchlik, demokratiya va inson huquqlari tarafdori bo‘lgan barcha davlatlarni Rossiya Federatsiyasi hukumatini terroristik rejim sifatida tan olishga» chaqirdi.
Hujjatda Rossiya Qurolli kuchlari «suveren mamlakatni yer yuzidan qirib tashlashni va uning millatini yo‘q qilishni istagan holda», Ukrainaga qarshi shafqatsiz urush boshlagani eslatiladi.
Deputatlar ukrainaliklarning o‘z mamlakati mustaqilligini qahramonona himoya qilayotgani butun erkin dunyoni hayratga tushirib qo‘yganini, Rossiya qo‘shinlari esa Ukraina shaharlari aholisini qo‘rqitish va fuqarolik ob’ektlariga hujum qilishda davom etayotganini ta’kidladilar.
Rezolyutsiyada aytilishicha, «Rossiya kiyimidagi banditlar» bosib olingan hududlarda harbiylar va tinch aholini qiynoqqa solib o‘ldiryapti, ukrainalik bolalarni o‘g‘irlayapti, ukrainaliklarni deportatsiya qilyapti va ko‘chiryapti.
Oktabr oyi o‘rtalarida Yevropa kengashi parlament assambleyasi ham xuddi shunday qaror qabul qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar