date
views 2 544

Grossi AQSH yadroviy texnologiyalarda ortda qolganini aytdi

Grossi AQSH yadroviy texnologiyalarda ortda qolganini aytdi
Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi Karnegi jamg‘armasidagi nutqida Vashington tijoriy yadroviy texnologiyalarda ortda qolayotganini aytgan.

Uning aytishicha, AQSH tijoriy yadroviy texnologiyalarda Rossiya va Xitoy kabi katta iqtisodiy o‘yinchi emas.

Bu Amerika uchun muammo. U doim yetakchi bo‘lgan, u yetakchilik pozitsiyalarini boy berdi”, - deydi Grossi. Uning ma’lum qilishicha, so‘nggi 20 yillarda atigi 3% qo‘shilgan gigavatt AQSHga to‘g‘ri keladi.

Grossining so‘zlariga ko‘ra, yadroviy texnologiyalarning asosiy yetkazib beruvchisi Rossiya, bu borada Xitoy ham faollik ko‘rsatmoqda. Bunda ularga xalqaro bozorlarda yanada moslashuvchan bo‘lish imkonini beruvchi moliyalashtirish modeli yordam beradi.

Ammo, eshitishimcha, energetika vaziri Jennifer Grenxolm ular (AQSH) yetakchilik pozitsiyalarini tiklashmoqchi ekanliklarini aytgan”, - deya qo‘shimcha qilgan u.

Uning fikricha, Vashington yadroviy energetikani qo‘llab-quvvatlash maqsadida “qiziqarli” qarorlar qabul qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grossi AQSH yadroviy texnologiyalarda ortda qolganini aytdi