
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Turkiya o‘zining «Turk oqimi» loyihasi orqali Rossiyadan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berishini ma’lum qildi.
Erdog‘an Anqarada qilgan nutqida buning Moskva bilan muzokaralar natijasida sodir bo‘lishini aytdi.
Prezident, shuningdek, uning hukumati tez orada Istanbul kanali loyihasi ustida ish boshlashi va bu Bosforni ekologik tahdidlardan qutqarishini aytdi.
Erdog‘an avvalroq Qora dengizda 540 milliard kub metr tabiiy gaz zahirasi topilganini tilga olib, «Allohning yordami bilan yaqinda xalqimiz bilan energiyaga tegishli yana yaxshi xabarlarni baham ko‘ramiz» degan.
«Turk oqimi» Rossiyadan Turkiya va Yevropaga gaz yetkazib berish uchun Qora dengiz orqali o‘tuvchi ikkita quvurdir. Birinchi quvur Turkiyaga, ikkinchisi esa Sharqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar