Lukashenko eng katta orzusini aytdi

Lukashenko eng katta orzusini aytdi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hayotidagi eng katta orzusini aytdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

“Mening eng katta orzum – “urush bo‘lmasligi”, - degan Lukashenko Belarus milliy biotexnologiya korporatsiyasi jamoasi bilan uchrashuvda. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u Belarus xalqi tinch yashashini xohlaydi.

“Kelinglar ishlaymiz va tinch yashaymiz. Tashvishlanmang. Bizda hammasi amalga oshadi”, - deydi Lukashenko.

Belarus rahbari yana bir bor har bir belarus umumiy farovonlik yo‘lida o‘z ishini qilishi kerakligini ta’kidladi. Uchrashuvda Lukashenko Ukrainaga qo‘shin kiritmoqchi emasligi haqida ham ogohlantirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar