date
views 1 346

3 oyda Rossiyani qariyb 10 mln rossiyalik tark etgan

3 oyda Rossiyani qariyb 10 mln rossiyalik tark etgan
Joriy yilning iyulidan sentyabrigacha bo‘lgan davrda rossiyaliklar Qozog‘iston (1,3 mln), Armaniston (267 ming), Qirg‘iziston (167 ming) va Tojikiston (103 ming)ga chiqib ketishi bo‘yicha 5 yillik rekordni yangiladi.

Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning 2022 yil 3-chorak bo‘yicha xorijga chiqib ketgan rossiyaliklar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2022 yil iyuldan sentyabrgacha jami 9,7 mln rossiyalik xorijga chiqib ketgan. Bu pandemiyadan oldingi 2019 yilga nisbatan past (16,1 mln).

Eng ko‘p Abxaziyaga – deyarli 2,5 mln kishi. Ikkinchi o‘rinda Turkiya (deyarli 2,1 mln kirish, asosan turizm maqsadida).

Uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 126 ming kishi keldi. Gruziyaga – 461 ming kishi.

FXX statistikasiga ko‘ra, hisobot davrida Rossiyani tark etgan mamlakat fuqarolarining 70 foizi 5ta davlatga – Abxaziya, Turkiya, Qozog‘iston, Gruziya va Finlyandiya davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 3 oyda Rossiyani qariyb 10 mln rossiyalik tark etgan