14:14 / 09.11.2022
1 137

Rossiyalik ish beruvchilarning 63 foizi Yangi yil bonuslarini berishdan bosh tortdi

Rossiyalik ish beruvchilarning 63 foizi Yangi yil bonuslarini berishdan bosh tortdi
Foto: «RBK»
Rossiyalik ish beruvchilarning uchdan ikki qismi (63 foizi) 2022 yilda xodimlarga Yangi yil mukofotlarini to‘lashdan bosh tortdi, deb yozadi Meduza «Rabota.ru» va «SberPodbor» xizmatlari so‘rovi natijalariga tayanib. So‘rovnoma sentyabr oyida Rossiya bo‘ylab 1,1 ming ish beruvchi o‘rtasida o‘tkazilgan.

So‘rovnomada qatnashgan ish beruvchilarning qolgan 37 foizi qo‘l ostidagilarga Yangi yil bonuslarini to‘lashni rejalashtirganliklarini aytgan: ulardan 21 foizi barcha xodimlarni, 16 foizi esa faqat ba’zilariga bonus to‘lashni ko‘zda tutgan. Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va savdo sohasidagi kompaniyalar bonuslarni to‘lash borasida yetakchi bo‘lib turibdi.

Tadqiqotda qayd etilishicha, 2021 yilda ish beruvchilar ichida xodimlarga bonuslar to‘lashni rejalashtirmaganlari atigi 35 foizni tashkil etgan. «Bizning tadqiqotimizga ko‘ra, joriy yilda xodimlarga Yangi yil bonuslarini to‘lashga tayyor bo‘lgan ish beruvchilar ancha kam, chunki ko‘pchilik 2022 yilda budjetni optimallashtirish yoki qisqartirishlarga duch kelmoqda», — degan «Rabota.ru» bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Veterkov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo