
Xitoy davlat televideniyesi CCTV xabariga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXR) qo‘mondonlik shtab-kvartirasi bo‘lgan Markaziy harbiy komissiyaning qo‘shma operatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatning xavfsizlik nuqtai nazaridan tobora kuchayib borayotgan beqarorlik va noaniqliklarga duch kelayotganini aytib, “armiya jangovar salohiyatini oshirishi va urushga tayyor turishi kerak” dedi.
Si Szinpin dunyo oxirgi yuz yil ichida katta o‘zgarishlarga uchraganini, Xitoy armiyasi oldida yangi va og‘ir vazifa turganini ta’kidladi.
"Xitoy armiyasi milliy suverenitet, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlarini qat’iy himoya qilishi, partiya va xalq tomonidan bildirilgan vazifalarni bajarishi kerak" dedi u.
U tashrif chog‘ida harbiy kamuflyaj va harbiy etik kiyib olgani e’tiborga molik.
Bu Si Szinpinning o‘tgan oy Xitoy Kommunistik partiyasining XX qurultoyidan keyin armiya shtab-kvartirasida birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Qurultoyda Si uchinchi marta XKP Bosh kotibi va Markaziy harbiy kengash raisi etib saylangandi.
Si Szinpin o‘z nutqida “barcha mahalliy urushlarda g‘alaba qozonish” maqsadini bildirdi va armiyaning urushga tayyorgarligini oshirish, uning g‘alaba qozonish qobiliyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar