09:13 / 10.11.2022
2 229

Ruslar tashlab ketayotgan Xerson shunchalik muhimmi?

Ruslar tashlab ketayotgan Xerson shunchalik muhimmi?
Ukrainaning janubiy Xerson viloyati Qrim bilan chegaradosh va Moskvaga 2014 yilda Kiyevdan tortib olingan yarim orolga quruqlikdagi o‘tish joyi hisoblanadi.

Agar mintaqada qarshi hujumga o‘tayotgan Kiyev kuchlari u yerdagi hududning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lsa, bu Rossiyani ushbu quruqlik yo‘lagidan mahrum qiladi. Jang maydonidagi bunday muvaffaqiyat Ukrainaning uzoq masofali artilleriyasini Moskva o‘z manfaatlari uchun muhim deb bilgan Qrimga ham yaqinlashtiradi.

Ukraina qisman bosib olingan Xerson viloyatini qaytarib olsa, Qrimga chuchuk suv yetkazib berish ham tahdid ostida qoladi.

Moskva Qrimni egallab olgandan so‘ng, Kiyev Dneprdan kanal orqali suv ta’minotini to‘xtatgan edi. Rossiya Xerson va sharqdagi qo‘shni Zaporoje viloyatining bir qismini qo‘lga kiritgach, darhol kanalni yo‘lini ochish choralarini ko‘rdi.

Rossiya bu suv mahalliy aholi uchun, yarimorolning qurg‘oqchil yerlarini sug‘orish va ko‘plab harbiy ob’ektlar uchun kerak.

Bundan tashqari, urushgacha 1 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan Xerson viloyati Qora dengiz sohilida joylashgan bo‘lib, uning qo‘lga olinishi Kiyevga o‘z qirg‘oqlarining bir qismini qayta nazorat qilishiga yordam beradi. Qora dengiz Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish uchun eng muhim arteriya hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo