
Sadir Japarov nega Oʻzbekiston bilan chegara masalasi boʻyicha qarorni keyinga qoldirish mumkin emasligini quyidagicha tushuntirdi.
“Agar biz bu masalani hozir hal qilmasak, bunday muvaffaqiyatli kelishuvga erishish qiyin boʻladi, balki imkoniyat ham boʻlmaydi. Qoʻshni davlatlarda yildan-yilga aholi soni ortib, er maydoni kamayib bormoqda.
Agar masalani hal qilishni keyinga suradigan boʻlsak, kelajakda nafaqat 19 ming gektar, balki yuz kvadrat metr uchun ham qon toʻkilishi mumkin. Chegaradagi mojarolar tufayli 30 yil ichida qancha tinch aholi va chegarachilar halok boʻlganini oʻzingiz ham bilasiz”, — dedi prezident.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar