date
views 1 129

Twitter Trampni taqiqdan chiqardi, unga yuz minglab obunachilar «yogʻilmoqda»

Twitter Trampni taqiqdan chiqardi, unga yuz minglab obunachilar «yogʻilmoqda»
Twitter tarmogʻining yangi egasi Ilon Mask tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma ishtirokchilari sobiq AQSh prezidenti Donald Trampning sahifasi tiklanishi uchun ovoz berdi. Natijada Trampning akkaunti taqiqdan chiqarildi.

Sobiq prezident sahifasi 2021 yil 8 yanvarda, Tramp tarafdorlari Kongressning Jo Baydenning prezidentlik gʻalabasini tasdiqlashiga toʻsqinlik qilish maqsadida Kapitoliyga bostirib kirishganidan ikki kun oʻtib muzlatib qoʻyilgandi.

Qayta tiklangan sahifada Tramp hali hech narsa yozmagan. Biroq, unga allaqachon 600 mingdan ortiq kishi obuna boʻlib ulgurdi.

Maskning soʻrovida 15 milliondan ortiq odam qatnashdi. Ularning 52 foizi Tramp akkauntini tiklash tarafdori ekanini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Twitter Trampni taqiqdan chiqardi, unga yuz minglab obunachilar «yogʻilmoqda»