Shimoliy Koreya BMT Bosh kotibini Amerikaning «qo‘g‘irchog‘i» deb atadi

1 daqiqa o'qish1.7K
Shimoliy Koreya BMT Bosh kotibini Amerikaning «qo‘g‘irchog‘i» deb atadi
Foto: AFP
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrishni «AQSHning qo‘g‘irchog‘i» deb atadi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Mazkur bayonot BMT rahbari KXDRning qit’alararo ballistik raketa sinovini qoralashiga qo‘shilgani uchun e’lon qilingan. Antoniu Guterrish Shimoliy Koreyani «provokatsion harakatlardan zudlik bilan voz kechishga» chaqirgandi. Guterreshning bayonoti AQSH KXDRni ballistik raketasi bilan istalgan nuqtasiga zarba berish mumkinligini tanqid qilganidan keyin yangragan.

«Men BMT Bosh kotibini ko‘pincha Oq uy yoki uning Tashqi ishlar vazirligi a’zosi deb hisoblayman», — deydi Shimoliy Koreya TIV.

Shuningdek, vazirlik Gutterishni tashkilot nizomidan bexabarlikda ayblab, nizomning maqsadi va tamoyillarini mensimay, o‘ta ayanchli pozitsiyani egallaganidan afsusdaligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tashkilot va uning tegishli missiyasini barcha masalalarda xolislik va adolatni saqlashga chaqirildi.

18 noyabr kuni Shimoliy Koreya Koreya yarim orolidan sharqqa qarata katta masofali ballistik raketa uchirdi. AQSH Xitoyni Shimoliy Koreya raketa uchirishini to‘xtatish uchun unga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?