06:30 / 22.11.2022
939

Indoneziyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 160 dan oshdi. Qurbonlarning aksariyati bolalar (foto)

Indoneziyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 160 dan oshdi. Qurbonlarning aksariyati bolalar (foto)
Foto: AP Photo
Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida 21 noyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 162 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Qurbonlarning aksariyati bolalar bo‘lib, tabiiy ofat oqibatida 326 kishi yengil yoki og‘ir darajadagi tan jarohatlari olgan. Zilzila epitsentri Chanjur shahridan 10 kilometr janubi-g‘arbda yer ostida joylashgan. 5,6 magnitudali zilzila 2 345 ta uyga jiddiy zarar yetkazgan, 13 400 kishi evakuatsiya qilingan.

Foto: AP Photo
Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘pchilik binolar qulashi oqibatida jabr ko‘rgan, ayrim aholi vayronalar ostida qolib ketgan. Shu bilan birga, Chanjur mahalliy hokimiyati ayrim joylarda odamlarni evakuatsiya qilish ishlari ko‘chki tufayli murakkablashayotganini ta’kidladi.

Foto: Reuters
Zilzilada jarohatlangan bolalarning ba’zilari reanimatsiyaga olib ketilgan, boshqalari kislorod apparatiga ulangan.

Foto: AP Photo

Foto: Reuters

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo