
Bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida Hindiston fuqarosini o‘g‘irlab, undan pul talab qilganlikda gumonlanib to‘rt nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Polisia.kz xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli Hindiston fuqarosi Qarag‘anda shahri politsiyasiga murojaat qilib, uni noma’lum shaxslar majburan mashinaga o‘tqazib, Ostona shahriga olib ketishganini aytgan.
Jinoyatchilar Hindiston fuqarosini xonadonda saqlagan va zo‘ravonlik bilan tahdid qilib, ozod qilish uchun 200 ming AQSH dollari talab qilgan.
«Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan maxsus tezkor tadbirlar davomida poytaxtda ijaraga olingan xonadon tashkil etib, unda odam o‘g‘irlash va tovlamachilikda gumonlanib, 26 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. O‘g‘irlash, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va tovlamachilik holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda», – deyilgan xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar