09:30 / 26.11.2022
829

Niderlandiya parlamenti quyi palatasi Rossiyani terrorchi-davlat deb e’lon qildi

Niderlandiya parlamenti quyi palatasi Rossiyani terrorchi-davlat deb e’lon qildi
Niderlandiya parlamentining quyi palatasi Ukrainaga bosqini tufayli Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlat deb e’lon qildi.

Ushbu qarorga deputatlarning mutlaq ko‘pchiligi ovoz bergan. Tashabbus “yashillar” partiyasi a’zosi Toma Van der Li tomonidan ilgari surilgan. Shu bilan birga Niderlandiya TIV rahbari Vopke Xukstra mamlakat qonunchiligi terrorizm homiysi deb e’lon qilinganlarga qarshi hech qanday sanksiya qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yilganini ta’kidlagan.

Parlament qabul qilgan hujjatda Rossiya “tizimli va atayin” fuqarolik obyektlariga zarba berayotgani qayd etilgan. Shuningdek, deputatlar Kiyevni gumanitar, diplomatik va harbiy jihatdan maksimal darajada qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

23 noyabrda Yevropa parlamenti ham Moskvani terrorizm homiysi deb e’lon qilgandi. 21 noyabrda esa NATO parlament assambleyasi Rossiya agressiyasi bo‘yicha xalqaro tribunal tuzishni nazarda tutgan rezolyutsiyani qabul qildi.

Bungacha Estoniya, Latviya, Litva, Polsha va Chexiya parlamentlari ham Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan davlat sifatida tan olgandi. Masalan, Litva seymi qabul qilgan hujjatda RF Ukrainada atayin tinch aholiga hujum qilayotgani yozilgan. Estoniya o‘z navbatida Ukraina hududiy yaxlitligi buzilishi va soxta referendumlar natijasini hech qachon tan olmasligini ma’lum qilgan.

13 oktabrda esa Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi Rossiyani terrorchi davlat deb e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo