
Foto: UAnews
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Ukrainaga qurol yetkazib berishdan ochiqchasiga bosh tortayotgan ayrim davlatlar buni yashirincha amalga oshirmoqda. Ukraina hamkorlari uchinchi davlatlar bilan muzokaralarda qatnashib, bunga ko‘maklashmoqda.
«Ushbu uchinchi davlatlarning aksariyati hech narsa yetkazib bermayotganini ochiqchasiga aytishadi, biroq hammasi parda ortida sodir bo‘lmoqda», — dedi Kuleba Fransiyaning Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida.
Ukrainaga qurol yetkazib berishdan bosh tortayotgan mamlakatlar orasida masalan, Shveysariya va Isroil bor. Iyun oyida Shveysariya o‘zida ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlaridan yasalgan qurollarni Ukrainaga yetkazib berishga ruxsat berdi. Isroil hukumati AQSH bosimi ostida Ukraina uchun ba’zi «strategik materiallar»ni yetkazib berishni moliyalashtirmoqda.
Urush harakatlari boshlanganida Germaniya hukumati Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Ammo keyinroq bunga ruxsat berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar