13:30 / 28.11.2022
1 268

Belgiya termasi JCH-2022 da Marokashdan yengilgach, Bryusselda tartibsizliklar sodir bo‘ldi (video)

Belgiya termasi JCH-2022 da Marokashdan yengilgach, Bryusselda tartibsizliklar sodir bo‘ldi (video)
Foto: AFP
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida 27 noyabr kuni Belgiya termasi 0:2 hisobida Marokash jamoasiga yutqazib qo‘ygach, Bryussel markazida futbol ishqibozlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Brussels Times.

Muxlislar vitrinalarni sindirib, mashina va elektroskuterlarga o‘t qo‘ydi, politsiyachilarga tosh yog‘dirdi. Bunga javoban, ularga qarshi suv zambaraklari va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llanildi.


Tartibsizliklarni aynan kim — g‘alabani nishonlayotgan marokashlik muxlislar yoki mag‘lubiyatdan g‘azab otiga mingan belgiyalik ishqibozlar keltirib chiqargani aniq emas. Afrika jamoasining g‘alabasi Belgiyaning ko‘plab shaharlarida asli marokashliklar tomonidan keng nishonlangani aytilmoqda.

Tartibsizliklar tufayli o‘n kishi ma’muriy tartibda, yana bir kishi sud tartibida hibsga olingani xabar berilmoqda.


To‘qnashuvlar boshqa shaharlarda, masalan, Lejda ham bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo