09:50 / 03.12.2022
1 509

Senegalda muxolifat vakili ayol deputatga tarsaki tushirdi (video)

Senegalda muxolifat vakili ayol deputatga tarsaki tushirdi (video)
Foto: Videodan kadr
Senegal parlamentida muxolifat vakili Massata Samb hukmron koalitsiyaning ayol deputati Emi Ndiaye Gnibiga tarsaki tushirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mazkur hodisa 1 dekabr kuni mamlakat budjetini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yuz bergan. Ayol tarsakiga javoban Massata Sambga stul uloqtirgan. Amaldagi va muxolifatdagi siyosatchilar o‘rtasidagi ziddiyat iyul oyidagi saylovlardan keyin kuchaygan. Mamlakat prezidenti Maki Sall uchinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligini ochiqlashdan bosh tortgan.

Parlamentdagi mushtlashuv ham shuning ortidan kelib chiqqan. Jumladan, Massata Samb parlamentda mamlakatning diniy rahnamosi prezidentning uchinchi muddatga saylanishiga qarshi ekanini eslatgan.

Hukmron koalitsiya deputati Emi Ndiaye Gnibi esa bu gapdan keyin kulgan. Muxolifatchi bunga chiday olmay, hamkasbiga tarsaki tushirgan. Bu boshqa deputatlar o‘rtasidagi mushtlashuvning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Siyosatchilar bir-birini mushtlab, haqoratlagani ortidan parlament majlisni to‘xtatishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Senegalda muxolifat vakili ayol deputatga tarsaki tushirdi (video)