06:00 / 08.12.2022
1 522

Ramzan Qodirovning qizlari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritiladi

Ramzan Qodirovning qizlari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritiladi
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki qizi va uning amakivachchasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi Rossiya rasmiylari va siyosatchilariga qarshi sanksiyalarni kengaytirishda davom etmoqda. Navbatdagi sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror Bryusselda qabul qilinadi. Sanksiyalar Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning oilasiga ham qaratilgan. Jumladan, uning ikki qizi va amakivachchasi sanksiylar ro‘yxatidan joy oladi. Checheniston rahbari o‘zining to‘ng‘ich qizi Ayshatni madaniyat vaziri etib tayinlagandi.

Umuman olganda, sanksiyalar 136 kishiga, jumladan, 20 nafar Duma deputatiga, Rossiya maslahat kengashining 22 nafar a’zosiga va Ukrainadagi g‘alla o‘g‘irlanishi uchun javobgar bo‘lgan uch bosh vazir o‘rinbosariga taalluqlidir.

Ro‘yxatga 10 nafar rossiyalik sudya, shuningdek, bolalarni deportatsiya qilish bilan bog‘liq yetti nafar amaldor va gubernatorlar kiritiladi. Bundan tashqari, 31 nafar zobit Ukraina obyektlari va infratuzilmasiga raketa hujumlari uchun javobgar.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Yaponiya sanksiyalari ostiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, uning qizlari Ayshat (Checheniston madaniyat vaziri), Xadijat (Grozniy maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i) va Tabarik, shuningdek, Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirova kiritilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo