date
views 1 974

Rossiyaliklar televideniyedagi propagandadan charchadi

Rossiyaliklar televideniyedagi propagandadan charchadi
Foto: AP
Rossiyalik teletomoshabinlar targ‘ibot tok-shoularini tomosha qilishdan ko‘ngilochar kontentni ko‘proq afzal ko‘ryapti. Bu haqda «Mojem ob’yasnit» Telegram-kanali Rossiyadagi barcha ommaviy axborot vositalari auditoriyasini o‘lchaydigan va Rossiya aholisi iste’moli afzalliklari bo‘yicha sanoat tadqiqotlarini olib boruvchi Mediascope ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Shunday qilib, o‘tgan hafta eng mashhur 100 ta dastur ro‘yxatiga «Rossiya 1» kanalining faqat «60 minut» ko‘rsatuvi kirdi. 1 dekabr kungi Olga Skabeyeva va Yevgeniy Popovning tok-shousi eng keng yoshdagi (18 yoshdan 54 yoshgacha) tomoshabinlar orasida atigi 62-o‘rinni egalladi.

Shunga o‘xshash boshqa dasturlar («Vremya pokajet», «Vecher s Vladimirom Solovevim», «Mesto vstrechi») ilgari tomoshabinlar orasida mashhur bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda top-100ga umuman kiritilmagan.

Masalan, oktabr oyi oxirida beshta targ‘ibot tok-shousi birdaniga eng reytingi baland 100 ta dastur qatoriga kirgandi.

O‘tgan haftaning eng ommabop dasturi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati doirasidagi Fransiya - Polsha futbol uchrashuvining translyatsiyasi bo‘ldi.

Yana uchta futbol o‘yini translyatsiyasi, shuningdek, «Novaya bitva ekstrasensov» ko‘rsatuvi kuchli o‘ntalikka kirdi. Qolgan qatorlar turli telekanallarda, shu jumladan mintaqaviy telekanallarda yangiliklar dasturlari orqali o‘zaro bo‘lib olingan.

Bundan oldin Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etgandi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketida «Rossiyaning har qanday turdagi dronlardan foydalanishini butunlay to‘xtatishni», ya’ni nafaqat Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni, balki ularni Rossiya armiyasiga yetkazib beradigan, xususan Eron kabi mamlakatlarga ham taqiqlashni taklif qildi.

Bundan tashqari, ikki maqsadli tovarlarga nisbatan cheklovlar kengaytiriladi, «jumladan, bir qator kimyoviy moddalar, jumladan, asab preparatlari, elektronika, butlovchi qismlar va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarga», dedi u.

Rossiya Federatsiyasining tog‘-kon sanoati, uchta bank va to‘rtta telekanal ham sanksiyalar ostida qoladi. Deyarli 200 rossiyalik qora ro‘yxatga kiritiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaliklar televideniyedagi propagandadan charchadi