Gvatemala sudi sobiq prezidentni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi

1 daqiqa o'qish941
Gvatemala sudi sobiq prezidentni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi
Foto: El Pais
Gvatemala sudi sobiq prezident Otto Perez Molina va vitse-prezident Roksana Baldettini firibgarlik va fitnada ayblab, har birini 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Sudya Irma Jannet Valdezning so‘zlariga ko‘ra, Perez Molina pullarni noqonuniy o‘zlashtirish va bojxona firibgarligida aybdor deb topilgan. U har bir ayblov bo‘yicha sakkiz yilga hukm qilingan va Baldetti ham xuddi shunday jazo olgan.

Perez Molina va Baldetti 2015 yilda iste’foga chiqqan va La Linea yoki The Line deb nomlanuvchi bojxona korrupsiyasi sxemasidan foydalanishga ruxsat berganlik va undan foyda ko‘rganlikda ayblanib, hibsda bo‘lgan. Ushbu sxema korxonalarga pora evaziga import bojini to‘lashdan bo‘yin tovlash orqali davlatni aldashga qaratilgan.

1 million dollarga yaqin pora va 2 million dollarga yaqin davlat daromadi yo‘qotilgan bu ishga 30 ga yaqin shaxs, jumladan, bojxona xodimlari va tadbirkorlar aloqador bo‘lgan. Ayblanuvchilarning bir qismi oqlangan.

2012 yildan 2015 yilgacha davlatni boshqargan Perez Molina ayblovlarni rad etishda davom etmoqda. U yana ikkita ish yuzasidan tergov ostida qolmoqda.

«Bu yolg‘on. Hech kim hech qachon noqonuniy buyruq berganimni aytmagan va bunday qilmaganman. Ular hech qachon menga pora berilganini aytmagan. O‘zimni hafsalasi pir bo‘lgandek his qilyapman», — degan 72 yoshli sobiq prezident.

Gvatemala sobiq prezidenti hukm ustidan shikoyat qilishini qo‘shimcha qilgan. Perez Molinaning jinoiy javobgarlikka tortilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan korrupsiyaga qarshi missiyasi yordami bilan amalga oshirilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?