22:35 / 09.12.2022
1 771

Ukrainada urushning 288-kuni: Limandagi ko‘ngillilar bataloni va Lvivdagi qo‘l-oyoqsiz qolgan jangchilar (foto)

Ukrainada urushning 288-kuni: Limandagi ko‘ngillilar bataloni va Lvivdagi qo‘l-oyoqsiz qolgan jangchilar (foto)
Ukrainada urushning 288-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
  • Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Xerson, Cherkass, Jitomir va Volinsk oblastlaridagi Ukraina pravoslav cherkovi ibodatxonalarida tekshiruv o‘tkazmoqda. Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, bunday joylarda «tajovuzkor davlat haqqiga duo matnlari», propaganda adabiyotlari va rohiblarga berilgan Rossiya pasportlari topilgan.
  • Rossiya va AQSH mahkumlar almashinuvini o‘tkazdi. Amerikalik basketbolchi Britni Graynerni rossiyalik qurol savdogari Viktor Butga almashishdi.
  • Putin rossiyaliklarning Ukraina energetika obyektlariga zarbalari ukrain kuchlarining harakatlari, jumladan Qrim ko‘prigidagi portlashga javob ekanini ta’kidladi.
  • «Naftogaz» kompaniyasida xabar qilishlaricha, Rossiyaning Ukraina bo‘ylab so‘nggi raketa zarbalari oqibatida 350 ta gaz obyektlari shikastlangan.
  • CNN ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina hukumati AQSHdan ukrain armiyasiga 100 dan ortiq mamlakatda taqiqlangan kassetali o‘q-dorilar berishni so‘ragan. Rossiya, Ukraina va AQSH bu boradagi konvensiyani imzolamagan.

Quyida 8 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Limanda ukrain ko‘ngillilari bataloni

Ukrainaning «Karpatskaya Sech» bataloni harbiy xizmatchilari zirhli transportyorda Donetsk oblastining Liman rayoni bo‘ylab harakatlanmoqda. Deyarli barcha binolari rossiyaliklar hujumlaridan shikastlangan va yakson etilgan Liman shahri oktabr oyi boshida Ukraina nazoratiga o‘tgandi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA


«Karpatskaya Sech» — ko‘ngillilar bataloni bo‘lib, 2015 yilda Ukraina qurolli kuchlari tarkibiga kirgan. Tuzilma Rossiya bilan keng ko‘lamli urushda qatnashib kelmoqda, jumladan Liman shahri uchun olib borilgan janglarda ishtirok etgan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA


«Karpatskaya sech»ning Liman atrofidagi pozitsiyada tankda o‘tirgan harbiysi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA


«Karpatskaya sech» jangchisi Rossiyaning Limanga hujumi davom etayotgan mahalda front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyada dam olmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Lviv oblastida qo‘l yoki oyog‘ini yo‘qotgan jangchilarning tiklanish jarayoni

30 yoshli ukrainalik harbiy xizmatchi Volodimir janglar vaqtida oyog‘ini yo‘qotgan. U ko‘plab boshqa yarador harbiylar kabi Lviv oblastidagi maxsus markazda tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Suratdagi boshqa harbiy allaqachon zamonaviy bionik protezga ega bo‘lgan.
Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA


Lviv oblastida «Neslomlennie» Milliy reabilitatsiya markazi ukrain harbiylari va oddiy aholi vakillarini davolaydi, jumladan, kesilgan qo‘l yoki oyoq o‘rniga protezlar qo‘yib beradi. Fotoda — oyog‘ini yo‘qotgan ukrain harbiy xizmatchisi.
Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA


Rossiyaliklar bilan janglar vaqtida ukrainalik 39 yoshli askar Roman qo‘llaridan ayrilgan. Endi u ham Lviv oblastida reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda. Foto: Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA

Ukrainalik 27 yoshli askar Dmitro hamshira yordamida o‘zining yangi bionik protezlarida harakatlanishni o‘rganmoqda — frontda u ikki oyog‘ini yo‘qotgan. Foto: Mykola Tys / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi bolalar hospitali

Kiyevdagi «Oxmatdet» shifoxonasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv terapiya bo‘limi. Zarba to‘lqinidan himoyalash uchun derazalar qum to‘ldirilgan qoplar bilan to‘sib qo‘yilgan. Hozirda bunga zarurat bor, chunki Rossiya doimiy ravishda Ukrainaning turli hududlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari bermoqda va odamlarni o‘ldirib, muhim infratuzilmalarni vayron qilib, oddiy aholini tok, suv va issiqlikdan mahrum etmoqda. Foto: Jeff J Mitchell / Getty Images

Kiyevdagi «Oxmatdet» shifoxonasida hamshira va yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasi
Jeff J Mitchell / Getty Images


Urush davri qiyinchiliklariga qaramay ishlashda davom etayotgan Kiyevdagi «Oxmatdet» shifoxonasi patsiyenti — 14 yoshli Veronika. U buyrak yetishmovchiligidan davolanmoqda
Jeff J Mitchell / Getty Images


Ukrainadagi urush alomatlaridan biri — tibbiy muassasalar ehtiyoji uchun ko‘ngillilar yoppasiga qon topshirishadi
Jeff J Mitchell / Getty Images


Kiyev shifoxonasida qon topshirayotgan ukrainlar
Jeff J Mitchell / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmutdagi pozitsiyasi

Rossiya qo‘shini may oyidan buyon Donetsk oblastidagi Baxmut shahri ustidan nazoratni qo‘lga kiritishga urinmoqda — transport tugunida joylashgan bu shahar ushbu yo‘nalishda rossiyaliklarning asosiy maqsadiga aylangan. Ukrainlar hujumlarni qaytarmoqda; ikki tomon ham — Rossiya va Ukraina — har kuni og‘ir yo‘qotishlarga uchramoqda. Baxmutning o‘zi qisman vayron bo‘lgan, shaharda asosan keksa yoshli kishilar qolishgan.

Ukrainalik harbiy Baxmutdagi yerto‘lalardan birida soqchilik qilmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Ukrainalik askar (chapda) Baxmutdagi front liniyasidagi yerto‘lada vintovkasini tozalamoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Ukrainalik harbiy xizmatchilar janglar orasidagi qisqa muddatli tanaffus chog‘ida Baxmutdagi yerto‘lalardan birida hordiq chiqarmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Baxmutdagi front chizig‘i uzra ko‘tarilgan tutun
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 288-kuni: Limandagi ko‘ngillilar bataloni va Lvivdagi qo‘l-oyoqsiz qolgan jangchilar (foto)