16:50 / 14.12.2022
1 092

Ukrainada urushning 292-kuni: Ukraina bo‘ylab blekaut, Baxmutda zarbalar ostida yashayotgan kishilar (foto)

Ukrainada urushning 292-kuni: Ukraina bo‘ylab blekaut, Baxmutda zarbalar ostida yashayotgan kishilar (foto)
Ukrainada urushning 292-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlariga videomurojaat qildi va Ukrainaga zamonaviy tanklar va yanada uzoq masofaga harakatlanuvchi reaktiv artilleriya va raketalar taqdim etishni so‘radi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Devid Letterman shousi mehmoni bo‘ldi va uning prezidentligi davrida g‘alabaga erishilishiga ishonch bildirdi.

Yevroittifoq kengashi 2023 yilda Yevropa tinchlik jamg‘armasi uchun mablag‘larni ikki milliard yevroga oshirishga qaror qildi, shuningdek jamg‘arma mablag‘larini 2027 yilga qadar 5,5 milliard yevroga oshirish ko‘zda tutilgan. Yevropa davlatlarining Ukrainaga yordam uchun xarajatlari ushbu fond mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Yevroittifoq TIV rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi bo‘yicha kelisha olishmadi, bu haqda YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel ma’lum qildi. Bu paket Yuriy Kovalchuk, Nikita Mixalkov, Grigoriy Lepsning oila a’zolariga, shuningdek NTV va NTV «Mir», «Rossiya-1» va RЕN TV telekanallariga qarshi cheklovlarni ham o‘z ichiga olgan.

Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi general Vadim Skibitskiy The New York Times uchun intervyusida Rossiya Ukrainaga qarshi 1990 yilda Kiyev Moskvaga topshirgan raketalarni ham qo‘llayotganini aytdi.

«Interfaks» xabar qilishicha, anneksiya qilingan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari o‘rinbosari Vitaliy Bulyuk avtomobil portlashi oqibatida yaralangan.

«DNR» rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari Donetskni so‘nggi bir kunda to‘rt bor artilleriyadan o‘qqa tutganini xabar qildi.

Kreml Vladimir Putinning 2022 yilgi yirik matbuot anjumani o‘tkazilmasligini ma’lum qildi.

Quyida 12 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi qutqaruvchilar ishi

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Baxmutda rossiyaliklar zarbasi kelib tushgan ko‘p qavatli turar joy binosidagi olovni o‘chirmoqda. Baxmut uchun faol harbiy harakatlar avgust oyi boshidan buyon davom etmoqda, Rossiya qo‘shini — birinchi navbatda «Vagner» guruhi — shaharni qurshab olishga harakat qilmoqda. Foto: Chris McGrath / Getty Images

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchi kvartira ichidagi yong‘inni o‘chirish uchun po‘lat eshikni bolgarka orqali ochishga harakat qilmoqda. Avgust oyidan buyon janglar kechayotgan Baxmut muntazam ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda.
Chris McGrath / Getty Images


Rossiyaliklar zarbalaridan keyin chiqqan yong‘inga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchi
Diego H​errera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Baxmutdagi ukrain o‘t o‘chiruvchilari
Diego H​errera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Diego H​errera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastidagi shifoxonada yarador kishilar

Shahar uchun janglar davom etmoqda, amalda shikastlanmagan bino qolmaganiga qaramay, Baxmutda tinch aholi vakillari yashashda davom etmoqda.

Baxmut atrofidagi Ivanovskoye qishlog‘ida yashovchi kishi rossiyaliklar o‘qqa tutishi oqibatida o‘ng qo‘lidan ayrilgan, snaryad parchasi uning oshqozoniga tekkan.
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA


Baxmutlik yarador kishi Donetsk oblastidagi shifoxonada
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA


Toretskda yashovchi kishi o‘z uyi zarbaga uchrashi chog‘ida kuyish jarohatini olgan. U hozirda Donetsk oblastidagi shifoxonalardan birida davolanmoqda. Foto: Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina shaharlari blekaut vaqtida

Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutib, energetika infratuzilmalarini nishonga olmoqda. 10 oktabr va 23 noyabr kungi eng keng ko‘lamli raketa zarbalari tufayli millionlab ukrainlar kunning ko‘p vaqtini elektr ta’minotisiz o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda. Blekautlar nafaqat aholi yashash kvartallarini, balki shifoxonalar va boshqa kritik darajada muhim obyektlarni ham qamrab olmoqda.

Odessadagi sobor oldida tilanchilik qilayotgan kishi
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA


Navbatdagi blekaut vaqtida chiroq yorug‘ida chana uchayotgan lvivliklar
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA


Kiyevliklar generatorga yonilg‘i quymoqda — bu ko‘plab shaharliklar uchun navbatdagi rejali o‘chirish vaqtidagi yagona elektr energiya manbayi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA


Lvivlik kishi blekaut vaqtida generator bilan quvvatlantirilgan kioskada kofe sotib olmoqda
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 292-kuni: Ukraina bo‘ylab blekaut, Baxmutda zarbalar ostida yashayotgan kishilar (foto)