21:30 / 14.12.2022
1 246

«Melitopol Rossiya-Ukraina mojarosining navbatdagi frontiga aylanishi mumkin» – New York Times

«Melitopol Rossiya-Ukraina mojarosining navbatdagi frontiga aylanishi mumkin» – New York Times
Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatida hujum uyushtirishga harakat qilishi mumkin. Rossiya armiyasi istehkomlarni qurish uchun beton plitalar olib kela boshlagan. Bu haqda New York Times gazetasi yozmoqda.

Nashrning eslatishicha, kuni kecha shahar yaqinidagi ko‘prik portlatib yuborilgan. So‘nggi paytlarda ko‘prik muntazam raketa hujumlari va sabotajlarga uchragan.

Jurnalistlarning xulosasiga ko‘ra, Melitopol urushning navbatdagi asosiy bosqichiga aylanadi, bu Ukraina janubidagi rus qo‘shinlarini quvib chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

Melitopol ikki yirik magistralning kesishmasida joylashganligi va Rossiyani ushbu yarim orol va Ukraina janubidagi boshqa hududlar bilan bog‘laydigan muhim temir yo‘l liniyasi bo‘lganligi sababli Qrimga kirish eshigi sifatida tanilgan.

Melitopol asosiy transport markazi bo‘lib, u ustidan nazoratni tiklash Ukrainaga nafaqat butun Zaporoje viloyatini, balki qo‘shni Xersonning qolgan qismini ham qaytarib olishga yordam berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Melitopol Rossiya-Ukraina mojarosining navbatdagi frontiga aylanishi mumkin» – New York Times