“X-Factor” loyihasida tanilgan Shirina Holmatova Janubiy Koreyada K-pop tanlovida birinchi o‘rinni egalladi! (video)
1 daqiqa o'qish1

«X-Factor» loyihasidagi ishtiroki orqali tanilgan, yoqimli ovoz sohibasi Shirina Holmatova Janubiy Koreyada o‘tkazilgan K-pop tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.
Bu haqda xonandaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosida ma’lum qilindi. Unda Shirina tanlovdagi g‘alabasi haqida xursandchilik bilan so‘zlab, ushbu yutuqni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Tanlovdagi muvaffaqiyati uchun unga bir nechta sovg‘alar ham topshirilgan. Shirinani qo‘llab-quvvatlayotgan yaqinlari va muxlislari esa uning sahifasida samimiy tabriklar va iliq tilaklar qoldirmoqda.
Yosh xonandaning Janubiy Koreyadagi bu yutug‘i uning ijodiy faoliyatidagi quvonchli voqealardan biri bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…