
Argentina prezidenti Alberto Fernandes JCH-2022 finaliga kelmasligini malum qildi.
Ta’kidlash kerakki, Argentina terma jamoasi bugun hal qiluvchi bahsda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da.
“Millionlab vatandoshlarim kabi men ham o‘z uyimdagi jahon chempionati finalidan zavqlanaman. Men bu ajoyib onlarni avvalgidek, xalqim bilan birga o‘tkazaman.
Bizning eng yaxshi o‘yinchilarimiz maydonda, muxlislarimiz esa tribunada bo‘lishadi”, - deb yozdi Alberto Fernandes o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron final o‘yinini tomosha qilish uchun Qatarga kelishini ma’lum qilgan. U bundan avval Fransiya terma jamoasi ishtirokidagi yarim final bahsiga ham tashrif buyurgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar