18:10 / 19.12.2022
1 522

Rossiyada Ukrainaga 3—4 marta hujum qilishga yetarli raketalar qolgan bo‘lishi mumkin

Rossiyada Ukrainaga 3—4 marta hujum qilishga yetarli raketalar qolgan bo‘lishi mumkin
Aleksey Danilov
Foto: UNIAN

Rossiyada Ukrainaga yana 3—4 marta yoppasiga hujum qilish uchun yetarli raketalar qoldi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya raketalarni qo‘llash me’yoridan allaqachon o‘tib bo‘lgan. Biroq raketalardan bunday foydalanish Rossiya qo‘shinlari uchun nomaqbuldir.

«U holda ular butunlay raketasiz qoladi, bu esa nomaqbul holat, axir ularda umuman boshqacha vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin, shu sababli ular qandaydir zaxira qoldirishi kerak. Biroq ularda S-300 raketalari bor, ularni, afsuski, bizning shaharlarimizga qarshi ishlatishyapti», — dedi Danilov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Erondan ballistik raketalar yetkazib berilishi xavfi ham mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo