
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida prezident Vladimir Putin harbiy amaliyotlar hududida bo‘lgani va u yerdagi qo‘shinlar qo‘mondonlari bilan suhbatlashganini aytdi.
17 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati prezident Ukrainadagi harbiy amaliyotda ishtirok etayotgan harbiy qism shtabida kun bo‘yi ishlaganini ma’lum qilgan, ammo, urush hududida bo‘lganiga aniqlik kiritmagan edi.
Shundan so‘ng, Davlat Dumasi deputati Andrey Gurulyov TV efirida prezident jangovar hududda bo‘lganini ma’lum qildi.
«Agar u juma (16 dekabr) kuni borgan shtabni nazarda tutayotgan bo‘lsa, ha», dedi Dmitriy Peskov.
Kreml xabarida aytilishicha, Vladimir Putin qo‘shinlar shtabiga tashrifi chog‘ida uning faoliyati bilan tanishgan, urushning borishi haqidagi hisobotni eshitgan, shuningdek, qo‘mondonlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va armiyaning birlashgan guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin ishtirok etgan. Shtab joylashgan manzil haqida xabar berilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar