23:46 / 28.12.2022
1 338

Ukraina Eron dronlariga qarshi tura oladigan apparat ustida ishlamoqda

Ukraina Eron dronlariga qarshi tura oladigan apparat ustida ishlamoqda
Foto: AP
Ukrainalik mutaxassislar mahalliy dronni yaratmoqda. Ular Rossiya bosqinchilari tomonidan Ukrainadagi urushda foydalanilayotgan Eronning «Shohid» kamikadze dronlariga qarshi tura oladi.

Bu haqda ABC News nashriga Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fyodorov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda dronlar bilan bog‘liq vaziyat o‘zgaradi.

«Fevral-mart oylarida dronlar bilan bog‘liq vaziyat keskin o‘zgaradi, deb aytishim mumkin», dedi Fyodorov.

Raqamli rivojlanish vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina droni urush olib borish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar rivoji yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi. Bu dron boshqa uchuvchisiz apparatlarga qarshi tura oladi, hatto ularni urib tushiradi.

Rossiya shu yilning yozidan boshlab Eronning «Shohid» dronlaridan Ukrainaga zarba berish maqsadida foydalanmoqda. Ushbu dronlar «Geran-2» nomi bilan urushda qo‘llanmoqda. Eron Rossiyaga dron yetkazib berayotganini muntazam ravishda inkor qilib keladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo