
Foto: TRT Haber
Bugun, 30 dekabr kuni Turkiyaning g‘arbidagi Aydin shahrida (shu nomdagi viloyat markazi) joylashgan restoranda portlash yuz berdi.

Foto: Cumhuriyet

Anadolu Ajansı viloyat rahbariga asoslanib xabar berishicha, fojia oqibatida kamida yetti inson hayotdan ko‘z yumgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi jarohatlangan.
Portlash vaqtida restoranda 20 kishi bo‘lgan, restorandagi ikki kishi binoning ikkinchi qavatidan sakragan.

Foto: Cumhuriyet

Voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib boryapti. Hodisa sababi va jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda.

Foto: Cumhuriyet

Foto: Cumhuriyet

Foto: Cumhuriyet
Voqea aks etgan kadrlarda portlash kuchli bo‘lgani va binoga jiddiy zarar yetkazganini ko‘rish mumkin. Hodisa joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda, shifokorlar jarohatlanganlarga yordam bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar