06:00 / 31.12.2022
1 605

Kreml Ukraina raketasining Belarusda qulashiga munosabat bildirdi

Kreml Ukraina raketasining Belarusda qulashiga munosabat bildirdi
Foto: «BelTA»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina raketasining Belarusda qulashi haddan tashqari xavotirga solayotganini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Kreml rasmiysi Rossiya va Belarus harbiylari holat yuzasidan doimiy aloqadaligini aytdi. «Bu hodisa nafaqat bizni, balki belaruslik hamkorlarimizni ham xavotirga solmoqda», — dedi Peskov.

U Rossiya va Belarus harbiylari doimiy aloqadaligini aytib, bunday muloqotning maxfiyligi mamlakatlarga tezkor ma’lumot almashishga yordam berishini qayd etdi.

«Bilasizmi, Belarus bu borada Ukraina tomoniga ma’lum demarsh (biror bir davlatning hukumatiga qaratilgan diplomatik nutq) bildirib, bir qator harakatlarni amalga oshirdi. Ammo, takror aytaman, bu tashvish uyg‘otadigan voqea», — dedi Peskov.

29 dekabrda Belarus hududiga Ukraina raketasi kelib tushdi. Holat yuzasidan Aleksandr Lukashenko zudlik bilan ogohlantirildi. Voqeaning ikkita asosiy versiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan birida raketa Belarus hududiga yaqinda Polshadagi voqeaga o‘xshab noto‘g‘ri yo‘nalishda kelib tushgan. Ikkinchiga ko‘ra, raketa Belarus havo mudofaa tizimlarining ishlashi natijasida urib tushirilgan.

Bunga javoban Ukraina Mudofaa vazirligi raketa qulashi holatlarini chuqur o‘rganish uchun mustaqil ekspertlarni Belarus yuborishga tayyor ekanini bildirdi. Belarus o‘z hududiga raketa kelib tushishi Ukraina provokatsiyasi bo‘lishi mumkinligini ham ilgari surmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Ukraina raketasining Belarusda qulashiga munosabat bildirdi