02:04 / 01.01.2023
1 416

Erdo‘g‘an Turkiyaning 2023 yildagi asosiy maqsadini aytdi

Erdo‘g‘an Turkiyaning 2023 yildagi asosiy maqsadini aytdi
Foto: Turkiya prezidentining rasmiy sayti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatining 2023 yildagi maqsadi siyosat va iqtisodiyotda jahon yetakchilaridan biriga aylanish ekanini aytdi.

«Maqsadimiz nafaqat global siyosat va iqtisodiyotning oliy ligalariga kirish, balki Turkiyaning birinchi o‘rinni egallashiga imkon beradigan siyosiy va iqtisodiy kuchga ega bo‘lishdir», dedi u.

Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil Turkiya uchun «o‘ziga xos» bo‘lishi kerak, chunki mamlakat respublikaning 100 yilligini nishonlaydi.

«Turkiya nafaqat yangi yilni nishonlamoqda, balki respublika tashkil topgani 100 yilligini ham nishonlaydi. So‘ngra yangi davrga qadam qo‘yadi», deb qo‘shimcha qildi prezident.

Turkiya Respublikasi 1923 yil 29 oktabrda e’lon qilingan.

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara O‘rtayer dengizi havzasi, Kaspiy dengizi va Yaqin Sharqdan Yevropaga energiya yetkazib beruvchi markazga aylanish niyatida ekanini aytgan edi. Turkiya prezidenti, shuningdek, Anqara ham energetik qaramlikdan qutulmoqchi ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo