06:30 / 01.01.2023
2 432

Ukrainada «Vagner» lageridan o‘zbekistonlik mahbuslar qochdi

Ukrainada «Vagner» lageridan o‘zbekistonlik mahbuslar qochdi
Foto: donday.ru
Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Lugansk viloyatidagi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga tegishli o‘quv-tayyorlov lageridan 6 nafar mahbus qochib ketdi.

Erkaklar qurollangan bo‘lib, ular Rossiyaning Rostov viloyatiga qochib o‘tgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ular orasida O‘zbekistonning uch nafar, Rossiya, Belarus va Qirg‘izistonning bir nafar fuqarosi bor. Ularning ismlari va boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Qayd etilishicha, mahbuslar 21-22 dekabr kunlari lagerdan qochib ketishgan. Rostov viloyatida qochqinlarni izlab topish va qo‘lga olish tadbiri o‘tkazilmoqda.

«Vagner» XHK o‘quv-tayyorlov markazi Lugansk viloyatining Krasnodonskiy tumanida joylashgan.

«Vagner» XHK shu yilning yozidan boshlab, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarni, jumladan xorijliklarni ham Ukrainadagi urushda qatnashish uchun yollamoqda. Ularga kamida 6 oy davomida urushda ishtirok etgandan so‘ng, ozodlikka chiqarish va’da qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, «Vagner» XHK Rossiyaning Kursk va Belgorod viloyatlarida ham o‘quv-tayyorgarlik lagerlarini tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo