12:53 / 01.01.2023
1 336

Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi

Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi
Turkiya, Suriya va Rossiya mudofaa vazirlari Moskvadagi uchrashuvda turk qo‘shinlarini Suriya shimolidan olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar, deb yozadi “Al-Vatan” gazetasi Damashqdagi manbalarga tayanib.

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar natijasida “Turkiya Suriyaning shimoliy hududlaridan tinchlikparvar kuchlarini to‘liq olib chiqib ketishga roziligi, shuningdek, Anqara Suriya suvereniteti va yaxlitligini hurmat qilishini tasdiqlashi”ni bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, M-4 avtomagistralini ochish bo‘yicha 2020 yilda imzolangan shartnomaning bajarilishi muhokama etildi”, deya qo‘shimcha qildi manba.

Bundan tashqari, gazeta manbasining ta’kidlashicha, muzokarachilar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchi partiyasi terror tuzilmalari “Isroil va AQSHning agentlari bo‘lib, Turkiya va Suriya uchun eng katta xavf tug‘dirishini ta’kidlashdi".

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo