00:00 / 02.01.2023
2 337

31 dekabr kuni Rossiya Ukrainada dron ishlab chiqarish korxonalariga zarba bergan

31 dekabr kuni Rossiya Ukrainada dron ishlab chiqarish korxonalariga zarba bergan
Foto: EPA
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qilishicha, 31 dekabr kuni Rossiya qurolli kuchlari Ukraina mudofaa-sanoat majmuasining zarbdor dronlar ishlab chiqarishga aloqador obyektlariga zarbalar bergan.

Konashenkov qo‘shimcha qilishicha, uchuvchisiz uchar qurilmalar saqlanadigan joylar va ular uchiriladigan nuqtalar hujumga uchragan. «Zarbalar nishonlarga borib tegdi», — deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi vakili.

Igor Konashenkov so‘zlariga ko‘ra, bir kecha-kunduzda Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning 15 ta uchar qurilmalarini yo‘q qilgan, zarbalar Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Belgorod, Zaporoje, Nikolayev, Xarkov viloyatlari va Qrimdagi aholi punktlarida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni butun Ukraina hududida havo trevogasi e’lon qilindi. Ukraina havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvarga o‘tar kechasi Kiyev shahri va viloyati osmonida 32 ta dron urib tushirilgan. «Ukrenergo» energiya tizimiga misli ko‘rilmagan zarar yetganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo