
Buyuk Britaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli hamkorlari deb biladi. Bu haqda Oliy hazratlarining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo komissari Kenan Poleo ma’lum qilgan.
«Men Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning 14 davlatidagi savdo ishlarini nazorat qilaman. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya va ushbu 14 davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari 44 milliard funt sterlingga baholangan. Markaziy Osiyo bizning muvaffaqiyatimizning asosiy qismidir. Shuning uchun biz yaqinda Qozog‘iston va O‘zbekistonga ko‘proq savdo resurslarini kiritdik, bizning fikrimizcha, bu yerda yanada ko‘proq imkoniyatlar bor», degan u.
Bundan tashqari, Savdo komissari ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyodagi asosiy transport yo‘llaridan biri bo‘lgan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi salohiyatini oshirish Buyuk Britaniya hukumati uchun Sharqdan G‘arbga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishning ustuvor maqsadlaridan hisoblanadi.
O‘rta yo‘lak sifatida ham tanilgan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi mintaqa iqtisodiyoti uchun muhim, dedi savdo komissari.
Poleo buning uchun Transkaspiy yo‘nalishi mamlakatlari birgalikdagi sa’y-harakat qilishlari talab qilinadi. Buyuk Britaniya, xoh u raqamlashtirish, xoh portlar sig‘imini oshirish, moliyalashtirishni ta’minlash, xususiy sektorni jalb qilish yoki temir yo‘llar ishini optimallashtirishga yordam berishi bo‘lsin, zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar